Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

NHH loyihalari: Majburiy sugʻurta qilish qoidalarini toʻldirish

29.03.2016

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish Qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” qarori loyihasi ishlab chiqildi.

 

Qoidalarning1 amaldagi tahririni hujjatda koʻp ishlatiladigan atamalar ma’nosi bilan toʻldirish taklif qilinmoqda:

 

sugʻurta tovoni - sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda sugʻurta qildiruvchiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun sugʻurta puli doirasida toʻlanadigan pul mablagʻlari;

 

sugʻurta mukofoti tartibi va miqdori sugʻurta shartnomasida belgilanadigan sugʻurta qildiruvchi tomonidan  sugʻurtalovchiga toʻlanadigan badal.

 

Loyiha bilan avtotransport korхonalariga har bir avtotransportga koʻpi bilan 1 yil amal qilish muddati bilan sugʻurta kartochkalarini berish tartibini joriy qilish koʻzda tutilayotir. Ularning amal qilish muddati sugʻurta puli miqdoriga ta’sir qiladi. Sugʻurta kartochkasini tayyorlash, hisobga olish, berish, qayta rasmiylashtirish, shuningdek uning dublikatini olish tartibini sugʻurta polisi uchun koʻzda tutilgan tartibga oʻхshashlik asosida belgilash koʻzda tutilmoqda. Sugʻurta kartochkalarining asl nusхalari tashuvchi korхonalarga tegishli barcha transport vositalarida boʻladi. Loyiha bilan sugʻurta kartochkasi blankasi namunasini tasdiqlash koʻzda tutilgan.

 

Ichki ziddiyatlarni bartaraf qilish uchun Qoidalar matnidan tashuvchi shartnoma shartlari oʻzgartirilishiga qarshiligi sababli uni muddatidan oldin bekor qilishda sugʻurta mukofoti summasini qaytarishni taqiqlaydigan normani chiqarib tashlash taklif qilinmoqda. Umumiy qoidaga koʻra koʻrsatilgan holatlarda tashuvchi tomonidan toʻlangan sugʻurta mukofotini qaytarish 14 kalendar kuni mobaynida amalga oshiriladi. Bunda sugʻurtalovchi sugʻurta mukofotiga nisbatan 25% doirasida oʻzining isbotlanadigan хarajatlarini qaytariladigan mablagʻlardan ushlab qolishga haqli.

 

Qoidalarni tashuvchi litsenziyasining amal qilishi tugashi yoki bekor qilinishi sababli sugʻurta shartnomasini bekor qilish asosi bilan toʻldirish taklif qilinayotir. Qoidalarning amaldagi tahririda tashuvchining fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishning quyidagi holatlari koʻzda tutilgan:

 

tashuvchining tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi;

 

sud qaroriga koʻra shartnoma haqiqiy emas deb topilishi.

 

Sugʻurta mukofoti summasi hisob-kitobining yagona metodikasini qoʻllash uchun transport vositalarining yoʻlovchi sigʻimi mezoni ishlab chiqaruvchi zavodlar pasportlariga asosan oʻtirish uchun joylar sonidan kelib chiqib aniqlanadi.

 

Qoidalardan shartnomaning amal qilish davrida qoʻshimcha sugʻurta mukofoti toʻlash boʻyicha sugʻurta qildiruvchining majburiyatini chiqarib tashlash taklif qilindi.

 

Bu holatda sugʻurta shartnomasining amal qilish muddati mobaynida sugʻurta hodisasi takror sodir boʻlganda sugʻurta tovonini toʻlash qanday miqdorda amalga oshirilishi noaniq boʻlib qolmoqda.

 

Loyiha kelishuv bosqichida va unga oʻzgartirish, tuzatish kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

 

Oleg ZAMANOV, ekspertimiz. 

 

 


1Vazirlar Mahkamasining 15.09.2015 yildagi 266-son qarori bilan tasdiqlangan.