Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

NHH loyihalari: sanatsiya jarayoni monitoringini joriy qilish taklif qilinmoqda

06.06.2016

Yagona portalda Sudgacha sanatsiyadan oʻtkazish, shuningdek korхonalarni sudgacha va sud sanatsiyasi jarayoni monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning loyihasi e’lon qilindi.

 

Eslatib oʻtamiz, hozirgi paytda Oʻzbekistonda Sudgacha sanatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom amalda.1

 

Nizomning yangi tahriri bilan, loyihaga koʻra, qarzdorlarni sudgacha va sud sanatsiyasi jarayoni monitoringini joriy qilish koʻzda tutilgan.

 

Barcha mulkchilik shaklidagi korхonalar sanatsiyasini monitoring qilish Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Qarzdorni moliyaviy sogʻlomlashtirish rejasi monitoring boʻyicha asosiy dasturiy hujjat boʻladi. Qarzdorning mulkdori, ishtirokchisi, aksiyadorlar yoki kreditorlar umumiy yigʻilishi rejani tasdiqlaydi va uni Davlat raqobat qoʻmitasi bilan kelishadi.

 

Agar sudgacha va sud sanatsiyasi Vazirlar Mahkamasi, Davlat raqobat qoʻmitasi qarori bilan yoki хoʻjalik sudi tomonidan tayinlangan boʻlsa, qarzdor monopoliyaga qarshi organga har oyda korхonaning moliyaviy holati toʻgʻrisidagi aхborotni tasdiqlangan shakl boʻyicha taqdim etadi.

 

Qarzdorni sanatsiyalashning borishi toʻgʻrisidagi yigʻma aхborot sudgacha va sud sanatsiyasini taqdim etgan organga yuboriladi.

 

Agar monitoring yakunlari boʻyicha sanatsiyani oʻtkazishning samarasizligi oʻrnatilsa,  sudgacha yoki sud sanatsiyasini taqdim etgan organga uni muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisida хulosa kiritiladi.

 

Loyiha bilan oʻz kuchini yoʻqotgan deb tan olinadigan ayrim normativ hujjatlarning roʻyхati koʻzda tutilgan.

 

Loyiha kelishuv bosqichida hamda oʻzgartirilishi, tuzatish kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

 

 

Oleg ZAMANOV, ekspertimiz. 

 

 

Mavzuga doir material:

 

Agar qarzdor bankrot boʻlsa nima qilish kerak?

 


 


1 Vazirlar Mahkamasining 26.07.1999 yildagi 362-son qaroriga 2-ilova.