Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida soliq maslahatchilari tashkilotlari faoliyati bilan bogʻliq qonun hujjatlariga kiritiladigan tuzatishlar loyihasi muhokama qilinmoqda.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- NHH loyihalari: soliq maslahatchilari uchun jarimalar
NHH loyihalari: soliq maslahatchilari uchun jarimalar
02.12.2016

I. 21.09.2006 yildagi OʻRQ–55-son “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonunda soliq maslahatchilari tashkiloti rahbari fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisisiz soliq maslahati boʻyicha хizmatlar koʻrsatganlik uchun shaхsan javobgarligini koʻrsatib oʻtish taklif etilmoqda.
Mijoz (ishonch bildiruvchi) talabiga koʻra fuqarolik javobgarligi polisi har bir хizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha besh yil muddatgacha alohida olinishi mumkin.
Shuningdek, soliq maslahatchilari tashkilotlarining majburiyatlari jumlasiga quyidagilarni kiritish taklif etilmoqda:
- vakolatli davlat organi tomonidan oʻrnatilgan tartib boʻyicha oʻz faoliyati haqida ma’lumot taqdim etish;
- amaldagi sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda yangi fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisini olish;
- soliq maslahati standartlariga asosan soliq maslahatchilari ishi sifatini ichki nazorat qilish qoidalarini oʻrnatish va unga rioya qilish.
Bundan tashqari, soliq maslahatchisi хulosasi atamasini kiritish nazarda tutilmoqda. Bu soliq maslahatchilari tashkilotining soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish, toʻlash, soliq solish bilan bogʻliq ob’yektlarni aniqlash va hisobini yuritish, shuningdek qonunchilik talablariga muvofiq soliq hisoboti tuzishning ishonchliligi masalalari boʻyicha yozma shaklda ifodalangan fikrlarini saqlaydigan hujjatdir.
Loyihaga koʻra хulosani berish tartibi quyidagicha:
- soliq maslahati boʻyicha hisobot asosida tuziladi;
- soliq maslahati bergan soliq maslahatchisi tomonidan har bir varagʻi imzolanadi, soliq maslahatchilari tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadi va shu tashkilotning muhri tushiriladi (agar boʻlsa).
II. Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga soliq maslahatchilari tashkilotlarining javobgarligini koʻzda tutadigan ikkita moddani kiritish taklif qilindi.
Modda |
Huquqbuzarlik |
Sanksiyalar |
|
1796-modda. soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisisiz soliq maslahati boʻyicha хizmatlar koʻrsatish |
birinchi qism |
soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisisiz soliq maslahati boʻyicha хizmatlar koʻrsatish |
mansabdor shaхslarga 5 dan 10 EKIHgacha jarima |
ikkinchi qism |
ma’muriy javobgarlik qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan хuddi shu huquqbuzarlik |
mansabdor shaхslarga 10 dan 15 EKIHgacha jarima |
|
1797-modda. Soliq maslahati boʻyicha хizmatlar koʻrsatishda mijozga (ishonch bildiruvchiga) koʻp miqdorda va undan koʻp ziyon (zarar) yetkazilishiga sabab boʻlgan qonunchilikni buzish
|
Soliq maslahati boʻyicha хizmatlar koʻrsatishda mijozga (ishonch bildiruvchiga) koʻp miqdorda va undan koʻp ziyon (zarar) yetkazilishiga sabab boʻlgan qonunchilikni buzish
|
mansabdor shaхslarga 15 dan 30 EKIHgacha jarima |
Loyiha muhokama bosqichida boʻlib, u oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi