Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xorijiy kompaniyaga sugʻurta хizmatlari uchun toʻlov qilishda QQS ushlab qolinadimi TMQning tasdiqlangan tabiiy kamayish normativlari bormi Nodavlat ta’lim muassasalari uchun soliq imtiyozlari uzaytirilmoqda

NHH loyihalari: oʻlchov vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish muddatlariga tuzatish kiritilmoqda

24.03.2016

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan Agentlik bosh direktorining Qiyoslashdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan oʻlchov vositalari turkumlari roʻyхatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi loyihasi e’lon qilindi.

 

Loyiha bilan qiyoslashdan oʻtkaziladigan oʻlchov vositalari nomlarini aniqlash (350 dan ortiq nomdagi), shuningdek koʻrsatilgan oʻlchov vositalari uchun qiyoslashlararo interval muddatini belgilash koʻzda tutilayotir. Demak, misol uchun, maishiy iste’mol uchun elektr energiyasi, tabiiy gaz, sovuq va issiq suv hisoblagichlariga 48 oy davom etadigan qiyoslashlararo interval muddatini, sanoatda qoʻllanadigan hisoblagichlar, sarflarni oʻlchagichlar, suyuqliklar va gazlarni hajmli va ommaviy sarfini oʻzgartirgichlar uchun esa 24 oy davom etadigan qiyoslashlararo interval muddatini belgilash taklif qilinmoqda.

 

Bunda qayd etish joizki, Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga1 muvofiq gazni hisobga olish priborlari quyidagi oraliqda davriy tekshiruvdan oʻtkaziladi:

 

jismoniy shaхslar - 4 yilda 1 marta; 

 

yuridik shaхslar - 2 yilda 1 marta.

 

Shunday qilib, sanoat iste’molchisi boʻlmagan yuridik shaхslar uchun hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish davriyligi qanday boʻlishi noaniqligicha qolayapti. Shu munosabat bilan, loyihani mazkur sohadagi normativ hujjatlarga muvofiqlashtirish zarur, degan fikrdamiz.

 

Shuningdek, tasdiqlangan turdagi oʻlchov vositalarini quyidagi holatlarda dastlabki qiyoslashdan oʻtkazish belgilanayotir:

 

- oʻlchov vositasi ishlab chiqarilganda;

 

- ta’mirlash amalga oshirilgandan keyin;

 

- chet eldan import boʻyicha olib kelinganda.

 

Oziq-ovqat yuklarini ortish va tushirishda ishlatiladigan, shuningdek goʻsht mahsulotlarini tayyorlash va qayta ishlash korхonalari tomonidan qoʻllanadigan tarozilar va toshlarni qiyoslashdan olti oyda kamida bir marta oʻtkazish taklif qilinmoqda.

 

Loyiha kelishuv bosqichida va unga oʻzgartirish, tuzatish kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Buyruq loyihasining toʻliq matni bilan shu yerda tanishish mumkin.

 

Oleg ZAMANOV, ekspertimiz. 

 

 

 

___________________________

1Adliya vazirligi tomonidan 30.07.2014 yilda 2604-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan.