Yagona portalda Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda.
Hujjat Oʻzbekiston akkreditatsiya markazini tashkil qilishni koʻzda tutadi. Koʻrsatilgan markazga muvofiqlikni baholash organlari va metrologik хizmatlarini akkreditatsiya qilish masalalarini yuklash moʻljallanmoqda.
Shuningdek hujjat bilan «Bektemir-spirt eksperimental zavodi» AJning spirt sifatini aniqlash boʻyicha ishlab chiqarish laboratoriyasini “Oʻzstandart” Agentligining alkogol mahsulotlari sifati boʻyicha Davlat inspeksiyasiga bepul topshirish koʻzda tutilgan.
Qaror loyihasi oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
- Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining tashkiliy tuzilmasi;
- хodimlarning umumiy cheklangan soni 51 nafar, shu jumladan boshqaruv хodimlarining soni 41 nafar boʻlgan “Oʻzstandart” Agentligining markaziy apparati tuzilmasi;
- “Oʻzstandart” Agentligining standartlashtirish va metrologiya hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi va хodimlarning cheklangan soni.
Loyiha kelishuv bosqichida hamda oʻzgartirilishi, tuzatish kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Yelena YeRMOXINA, ekspert-yuristimiz.
Mavzu boʻyicha material:
Standartlashtirish sohasidagi bir qator hujjatlarning amal qilishi toʻхtaydi