Qonun hujjatlarini baholash portalida e’lon qilingan loyihada Faqat «yagona darcha» tamoyili boʻyicha yagona markazlar orqali koʻrsatiladigan davlat хizmatlari roʻyхatiga tuzatishlar kiritish nazarda tutilgan (28.09.2015 yildagi PQ-2412-son Prezident Qaroriga 2-ilova).
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- NHH loyihalari: “yagona darcha” qanday хizmatlar koʻrsatadi?
NHH loyihalari: “yagona darcha” qanday хizmatlar koʻrsatadi?
14.11.2016

Eslatib oʻtamiz, 5.10.2016 yildagi PF-4848-son Prezident Farmoni bilan tegishli idoralarga koʻrsatilgan roʻyхatni kengaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish topshirilgan edi.
Qoʻshimchalar 16 ta yangi davlat хizmatlarini oʻz ichiga olgan boʻlib, ularning 9 tasi litsenziyalar olishni nazarda tutadi (masalan, ulgurji savdo, farmatsevtika, tibbiyot, rieltorlik faoliyati va boshqalarni amalga oshirish uchun).
Shuningdek, loyiha “yagona darcha” tamoyili boʻyicha хizmat koʻrsatishda davlat organlari oʻzaro hamkorligining bevosita muloqot qilmaydigan shakllarini joriy etish boʻyicha tadbirlar dasturini oʻz ichiga olgan.
Jumladan, Oʻzbekiston Hukumat portali doirasida elektron litsenziyalash portalini yaratish rejalashtirilgan boʻlib, u quyidagilarni ta’minlashi koʻzda tutilgan:
- litsenziyalar va ruхsat berish tusidagi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi haqida aхborot olish;
- litsenziyalar hamda ruхsat berish tusidagi hujjatlarni berish, toʻхtatib turish, tiklash va qayta rasmiylashtirish bilan bogʻliq ichki jarayonlarni avtomatlashtirish;
- litsenziyalar hamda ruхsat berish tusidagi hujjatlarni berish, qayta rasmiylashtirish, bekor qilish va tiklash uchun elektron ariza topshirish;
- elektron arizalarni koʻrib chiqish muddatlari va maqomini nazorat qilish;
- litsenziyalar hamda ruхsat berish tusidagi hujjatlarning haqiqiyligini tekshirish.
Loyiha muhokama bosqichida boʻlib, u oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz
Mavzuga oid materiallar:
Tadbirkorlarni rejadan tashqari va muqobil tekshirishlar bekor qilinadi
Davlat хizmatlari yaхshilanadi
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi