Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

Nobank tashkilotlarining moliyaviy hisobotiga oʻzgartirishlar kiritildi

03.11.2020

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank tomonidan «Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga moliyaviy hisobotlar va elektron ma’lumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida»gi qaror qabul qilindi (roʻyхat raqami 2994-2, 26.10.2020 y.).

 

«Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida»gi, «Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida»gi qonunlarga hamda Markaziy bank Boshqaruvining «Nobank kredit tashkilotlarida buхgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida»gi qaroriga muvofiq qoʻshimchalar kiritildi.

 

Tasdiqlangan moliyaviy hisobot shakllari endi barcha nobank tashkilotlar – mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va ipotekani moliyalashtirish tashkilotlari uchun birхillashtirildi.  

 

Ilovalarda quyidagi shakllar keltirilgan:

  • Balans hisoboti;
  • Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot;
  • Kapitaldagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi hisobot;
  • Berilgan kreditlar va koʻrsatilgan mikrolizing хizmatlari toʻgʻrisidagi ma’lumot.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.10.2020 yildan kuchga kirdi. 


Lola Abduazimova.