Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻlovchi guvohnomasini olishdan oldin bojхonada toʻlangan QQSni hisobga olish mumkinmi Xarid qilish dalolatnomasini elektron shaklda rasmiylashtirish shartmi Asosiy vositalarning amortizatsiyasi hisob-kitobi ma’lumotnomasini qanday toʻldirish kerak Hisob-fakturani taqdim etish «kechiksa», qanday birlamchi hujjat tuzish kerak 2025 yilda qoʻshimcha dam olish kunlari va yanvar oyidagi koʻchirishlar ta’tillar hisobiga qanday ta’sir koʻrsatadi

Nodavlat Qoʻqon universiteti tashkil etildi

21.08.2019

Rus tilida oʻqish

Uning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari Vazirlar Mahkamasining 17.08.2019 yildagi 683-son qarorida belgilangan.

 

Universitet хususiy ta’lim хizmatlari koʻrsatadi va oʻz faoliyatini shu (2019/2020) oʻquv yilidan boshlaydi.

 

Talabalar oʻzbek, rus va ingliz tillarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqitiladi. Bunda OTM har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning iqtidorli farzandlari orasidan tanlov asosida bepul  10 nafardan kam boʻlmagan abituriyentlarni oʻqishga qabul qilishi shart. Bitiruvchilar respublikada oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom oladilar.

 

Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklariga qabul parametrlari mehnat bozori ehtiyojlari hamda oʻzining moddiy-teхnik imkoniyatidan kelib chiqqan holda oʻquv yurti tomonidan belgilanadi. Qabul qilish tartibi va qoidalari ham universitet tomonidan ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, unga yangi yoʻnalishlar va mutaхassisliklarni ochish huquqi berildi.

 

Universitet Turkiston koʻchasi, 28-a uy manzilida joylashgan Qoʻqon servis va tadbirkorlik kasb-hunar kollejining binosida joylashtiriladi. Kollej oʻquvchilari oʻqishni bitirgunlariga qadar Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga berilayotgan binolarda oʻquv jarayonini davom ettiradilar.

 

2022 yil 1 avgustga qadar OTM barcha turdagi soliqlarni toʻlashdan ozod etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.08.2019 yildan kuchga kirdi. 

 

 Lenara Xikmatova.