Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Nogironligi boʻlgan bolalarning onalariga ish staji boʻlmaganda – ijtimoiy nafaqa

21.01.2019

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 17.01.2019 yildagi «2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida»gi Farmonida shu haqda soʻz borgan. Hujjat OʻzA saytida joylashtirilgan.  

 

Xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishini kuchaytirish, odamlarning turmush sharoitini yaхshilash – bir qator aniq choralar nazarda tutilgan Davlat dasturi–2019 yoʻnalishlaridan biri. Nogironligi boʻlgan bolalarni tarbiyalovchi ayollarga davlat tomonidan ijtimoiy koʻmak berish ham ular orasidan joy olgan.

 

Chunonchi, 2019 yil 1 martdan boshlab bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor onalarga, ular pensiya yoshiga toʻlgandan soʻng, agar ularda pensiya tayinlash uchun zarur staj mavjud boʻlmasa, ijtimoiy nafaqa toʻlanadi. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda uning miqdori va toʻlash tartibini nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qiladi.

 

Eslatib oʻtamiz, nogironligi boʻlgan bolalarning onalari umumbelgilangan pensiya yoshi 5 yilga kamaytirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga ega. Ya’ni ular 50 yoshdan pensiyaga chiqishlari mumkin. Biroq buning uchun quyidagi shartlarga rioya etishlari zarur:

  • nogiron bolani 8 yoshga toʻlguniga qadar tarbiyalashlari;
  • kamida 20 yillik ish stajiga ega boʻlishlari.

 

Umumiy tartibga koʻra, pensiya tayinlash uchun zarur ish staji boʻlmaganda qariyalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga oylik nafaqa toʻlanadi (1.11.2018 yildan – 243 300 soʻm). Biroq u ayol 60 yoshga toʻlganda tayinlanadi.

 

 

Lenara Xikmatova.