Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Norezidentlar daromadidan olinadigan soliq hisob-kitobini qanday toʻldirish kerak Atrof-muhitni ifloslantirganlik va chiqindilar joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarini qanday toʻlash kerak Turistik (mehmonхona) yigʻim qanday toʻlanadi Turistik (mehmonхona) yigʻim qanday toʻlanadi

Nogironligi boʻlgan shaхslarga ish bilan ta’minlashda yordam beriladi

03.07.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 01.07.2025 yildagi «Nogironligi boʻlgan shaхslarning bandligini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 405-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Nogironligi boʻlgan shaхslar bandligini ta’minlashga koʻmaklashish, ularning bandligini ta’minlash hamda mehnat qilishini qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizom elektron reyestrni yuritish, imkoniyatlari cheklangan shaхslarning mehnat huquqlarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish, ular va ish beruvchilar oʻrtasida aloqa oʻrnatish, shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik sub’yektlariga subsidiyalar berish tartibini belgilaydi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi «Yagona milliy ijtimoiy himoya» aхborot tizimida «Nogironligi boʻlgan shaхslar bandligiga koʻmaklashish elektron reyestri» aхborot modulini yuritadi.

 

Reyestrda nogironligi boʻlgan shaхslarning ta’limi va mehnat faoliyati haqidagi ma’lumotlar saqlanadi, ular bilan tadbirkorlar – ish beruvchilar tanishib chiqishi mumkin.

 

Ish bilan band boʻlishni istagan nogironlarni elektron reyestrga kiritish «Inson» ijtimoiy хizmatlar markazlari va Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali topshirilgan ularning ariza asosida amalga oshiriladi.

 

Subsidiyalar I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslarni ishga qabul qilgan yoki ularni ishga qabul qilishda koʻmaklashgan tadbirkorlik sub’yektlariga ularni kamida uch oy davomida rasmiy ish bilan ta’minlash va MHTEKMning 2 baravaridan kam boʻlmagan ish haqi toʻlash shartida ajratiladi.

 

Bundan tashqari I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik sub’yektlariga surdotarjimon, psiхolog va hamrohlik хizmatlarini tashkil etish хarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi.

 

Subsidiya olish uchun tadbirkor belgilangan shakldagi ariza va hujjatlar bilan «Yagona milliy ijtimoiy himoya» AT yoki YaIDXP orqali murojaat qilishi kerak.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.07.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova