05.09.2024 yildagi OʻRQ-955-son Qonun bilan “Nogironligi boʻlgan shaхslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonunga nogironligi boʻlgan shaхslarning saylash va saylanish, referendumda ishtirok etish, shuningdek ta’lim olish huquqlarini ta’minlash uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Davlat nogironligi boʻlgan shaхslarga boshqa fuqarolar bilan teng ravishda odil sudlovdan foydalanishini ta’minlashi, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaхslarning sud protsessining barcha bosqichlarida, shuningdek surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida bevosita yoki bilvosita ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan choralarni koʻrishi kerak.
Tuzatishlarga koʻra, nogironligi boʻlgan shaхslarning davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida bevosita yoki oʻz vakillari orqali ishtirok etish, shu jumladan ularning saylash va saylanish hamda referendumlarda ishtirok etish huquqi ta’minlanadi.
Davlat, shuningdek, saylov uchastkalarida nogironligi boʻlgan shaхslarning barcha toifalari, shu jumladan eshitish, koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan, oʻrindiqli aravachalardan foydalanuvchi shaхslar ovoz berishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlashi kerak.
Shuningdek, Qonun nogironligi boʻlgan shaхslar bilan muloqot qilish uchun foydalanish mumkin boʻlgan muloqot shakllarini, shuningdek ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini nogironligi boʻlgan shaхslarning ularga moneliksiz kirishi uchun moslashtirish asoslarini belgilovchi me’yorlar bilan toʻldirildi.
Hujjat qonun hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.09.2024 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova