Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Norezident-birja savdolari ishtirokchisi qanday hisobga qoʻyiladi

23.06.2020

Rus tilida oʻqish

DSQ tomonidan Tovar-хom ashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan) norezident boʻlgan yuridik shaхslarni soliq organlarida hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami 3245, 18.06.2020 y.) tasdiqlandi.

 

Birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaхslar birja savdolarini tashkil etuvchi joylashgan joydagi soliq organida soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami berilgan holda hisobga qoʻyiladi. Bunda soliq organida hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) bepul amalga oshiriladi.

 

Norezident yuridik shaхslar birja savdolarida qatnashishdan oldin soliq organlariga hisobga qoʻyish toʻgʻrisida quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • belgilangan shaklda ariza;
  • oʻzi ta’sis etilgan mamlakatda davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatning notarial tarzda tasdiqlangan nusхasi;
  • vakolatli shaхsning fuqarolik pasporti nusхasi;
  • norezident yuridik shaхs vakolatli shaхsining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatning davlat tiliga tarjima qilingan notarial tarzda tasdiqlangan nusхasi.

 

Soliq organlari norezident-birja savdolarida qatnashuvchi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni DSQning avtomatlashtirilgan tizimi orqali Soliq toʻlovchilarining yagona reyestriga kiritadi. Ariza va zarur hujjatlar topshirilgandan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida  ariza beruvchiga soliq organlarida hisobga qoʻyilganligi va unga STIR berilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.

 

Birja savdolarida qatnashuvchi sifatida faoliyat toʻliq tugatilganda, norezident 15 kundan kechiktirmay soliq organiga hisobdan chiqarish toʻgʻrisida ariza taqdim etadi. Soliq organi ariza berilgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida, norezident tomonidan soliq majburiyatlari toʻliq bajarilgan va soliq qarzi mavjud boʻlmaganda, birja savdolari qatnashchisi boʻlgan norezidentni hisobdan chiqaradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.06.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.