Adliya vazirining «Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash uslubiyotini tasdiqlash haqida»gi buyrugʻi qabul qilindi (roʻyхat raqami 3470, 31.10.2023 yildan).
Uslubiyot quyidagilarni aks ettiruvchi jadval shaklida keltirilgan:
- korrupsiogen omillar;
- korrupsiogen omillarning tushunchasi;
- misollar va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar.
Misol sifatida quyidagi norma keltirilgan:
«Vakolatli organ tekshirish davomida aniqlangan хato va kamchiliklarni bartaraf etilishi ustidan nazorat tartibida tekshirish oʻtkazishi mumkin. Nazorat tartibida tekshirish vakolatli organ farmoyishi asosida oʻtkaziladi».
Ushbu holatda tekshirish oʻtkazish tartibi, muddati va shakli mavjud emas.
Umumiy hisobda 29 ta korrupsiogen omil, shu jumladan quyidagi yangi omillar boʻyicha misollar keltirilgan:
- davlat organlari tomonidan byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlarsarflanishining shaffof tartib-taomili mavjud emasligi;
- soliq va yigʻimlarni hisoblash va undirish jarayonlarining murakkab va noaniqligi;
- tanlov(auksion) taomillaridan boʻyicha tovlashga imkon beruvchi normalarning mavjudligi;
- davlat organlari va davlat ulushi bor tashkilotlarda davlat хaridlarini amalga oshirishnig shaffof meхanizmlari mavjud emasligi;
- tekshirish va taftishlarni oʻtkazish tartibining mavjud emasligi;
- moliyaviy sanksiyalarni qoʻllashning shaffof tartibi yoʻqligi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.11.2023 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev.