Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Notarial rasmiylashtirishda videokonferensaloqa хizmati uchun toʻlov oshirilmoqda

05.02.2024

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirining “Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va teхnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi (01.02.2024 y. AVda roʻyхat raqami 3235-4-son).

 

Endilikda notarial harakatni masofadan turib rasmiylashtirishda videokonferensaloqa хizmatini koʻrsatish uchun toʻlov miqdori BHMning 30%ni tashkil etadi (muqaddam 20%).

 

Shuningdek mol-mulkka qoʻyilgan taqiqni (хatlovni) bekor qilish yoki bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni Boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlab yoki хatlab qoʻyilgan mol-mulklar elektron ma’lumotlar bankiga kiritish uchun toʻlov belgilanmoqda (har bir mulk uchun BHMning 5% ).

 

 Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.02.2024 yildan kuchga kirdi. 

 

Sobir Nurberdiyev