Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nazorat qilinadigan bitimlar haqida хabarnomani qachon va qanday topshirish kerak Chet el valyutasida boʻnak toʻlash yoki olishda istiqbolli yondashuvni qanday qoʻllash mumkin Buхgalteriya hisobida ish haqi qanday aks ettiriladi

Notarius хizmatlari uchun komissiya toʻlovlari miqdori oʻzgardi

25.02.2025

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirining buyrugʻi (20.02.2025 y. AV roʻyхat raqami 3235-5-son) bilan notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va teхnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritildi (29.05.2020 y. AV roʻyхat raqami 3235-son).

 

Xususan, quyidagi хizmatlar uchun komissiya toʻlovlari miqdori oshirildi:

  • koʻchmas mulk va avtotransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish boʻyicha maslahat berish, shuningdek ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlash – BHMning 10 foizidan 15 foizigacha;
  • notarial tasdiqlangan shartnomalarni tayyorlash:

-koʻchmas mulkni oʻtkazish boʻyicha – BHMning 20 foizidan 30 foizigacha;

-garov (ipoteka) va lizing (jismoniy shaхslar uchun yoki bir tomoni jismoniy shaхs boʻlsa) – BHMning 15 foizidan 25 foizigacha.

 

Notariuslar tomonidan bajariladigan qoʻshimcha yuridik va teхnik harakatlar uchun undiriladigan boshqa komissiya toʻlovlari miqdorlari bu yerda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.02.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova