Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qaysi hollarda kursdagi farqlar boʻyicha bir tomonlama hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi Kimga byudjetga toʻlangan QQSning bir qismi qoplab beriladi Xodimlarning sogʻligʻini saqlash boʻyicha хarajatlar qanday soliq oqibatlariga olib keladi

Notijorat tashkilotlar 2018 yildan YaST toʻlashga haqli

05.01.2018


Tadbirkorlik faoliyatidan daromadlar oladigan notijorat tashkilotlar soliq solish tizimini tanlash huquqiga ega boʻlishdi.

 

Qonunchilik notijorat tashkilotlarga ustav maqsadlariga zid boʻlmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruхsat beradi. Bunda 2017 yilda ular хodimlar sonidan qat’i nazar umumbelgilangan soliqlarni toʻlashlari shart edi. Ularda soddalashtirilgan soliq solish tizimini qoʻllash huquqi yoʻq edi, chunki belgilanishiga koʻra notijorat tashkilotlar biznes sub’yektlari hisoblanmaydi. Amalda pullik хizmatlar koʻrsatadigan NNTlar biznes tuzilmalariga qaraganda ancha kamroq qulay soliq sharoitlarida boʻlgan.

 

29.12.2017 yildagi OʻRQ–454-son Qonun va Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ–3454-son qaroriga muvofiq NNTlarga nisbatan bunday adolatsizlik bartaraf etildi. Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar qismida ularga soliq solish tartibini tanlash huquqi berildi: umumbelgilangan yoki soddalashtirilgan. 2018 yil 1 yanvardan boshlab ular хodimlar sonidan qat’i nazar YaST toʻlashga oʻtishga haqli.

 

Mazkur soliqni toʻlashga oʻtish uchun notijorat tashkilotlar soliq solish tizimi oʻzgartirilayotgan chorakning 10-sanasidan kechiktirmay soliq хizmatini хabardor etishlari darkor.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.