Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Notijorat tashkilotlari boshqa daromadlardan soliq toʻlamaydi

09.01.2017

Notijorat tashkilotlarining faoliyatida ham doim soliq boʻyicha koʻplab savollar yuzaga keladi. Ushbu maqolada – mazkur tashkilotlarda soliq solishga taalluqli qonunchilikdagi yangiliklar хususida toʻхtalamiz.

SKga muvofiq notijorat tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda – NTT) oʻzining asosiy faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻi (SKning 126-moddasi) hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi (SKning 295-moddasi) toʻlovchilari hisoblanmaydi. Ammo tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlardan ular ushbu turdagi soliqlarni umumbelgilangan tartibda toʻlashlari darkor.

 

Bunda amaliyotda SKning 132-moddasida koʻzda tutilgan  boshqa daromadlar NTT uchun tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar hisoblanadimi yoki yoʻqmi, degan savollar ularda yuzaga kelgan.

 

Soliq kodeksining 126257265279 va 295-moddalariga kiritilgan qoʻshimchalarning aniqlashtirishicha,  SKning 132-moddasida koʻzda tutilgan boshqa daromadlarga NTT uchun tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar sifatida qaralmaydi.

 

Biroq mol-mulkni operativ va moliyaviy ijaraga berishdan olingan daromadlar, shuningdek, royalti tarzidagi daromadlardan NTT foyda soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini toʻlashi kerak boʻladi.

 

Mol-mulkni operativ ijaraga berish, shuningdek, intellektual mulk ob’yektlariga huquqni berish yoki ulardan foydalanish huquqini taqdim etish 2017 yilning 1 yanvaridan NTTlar uchun QQS boʻyicha soliq solinadigan oborot hisoblanadi. Bu SKning 197-moddasiga kiritilgan qoʻshimchalarda nazarda tutilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, NTT Oʻzbekiston Republikasi norezidentlaridan olinadigan ishlar va хizmatlar, shuningdek, respublika hududiga tovarlarni import qilish qismida QQS toʻlovchisi hisoblanadi. Ularning dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlariga esa toʻlov manbaida belgilangan tartibda soliq solinadi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

Muzaffar Mirzaaniyev,
ekspertimiz.