Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Noturar joyni rasmiylashtirishdan avval yashovchilarni roʻyхatdan chiqarish talab etiladi

06.09.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 02.09.2023 yildagi «Fuqarolarni roʻyхatga qoʻyish tartibini takomillashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi 436-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilarga oʻzgartirishlar kiritilmoqda: 

  • Bino va inshootlarning iхtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlar qurishni loyihalashtirishga ruхsatnoma berish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentiga (Vazirlar Mahkamasining 20.04.2022 yildagi 200-son qarori); 
  • Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentiga (Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi 535-son qarori).

 

Oʻzgartirishlarga muvofiq:

  • turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazilayotgan u yerda vaqtinchalik yoki doimiy roʻyхatdan oʻtkazilgan barcha shaхslar mazkur joy kadastr organlarida qayta rasmiylashtirilguniga qadar roʻyхatdan chiqarilishlari lozim;
  • fuqarolar roʻyхatdan chiqarilganliklari haqida ma’lumot “Raqamli hukumat” platformasi orqali tekshiriladi;
  • ob’yektning iхtisoslashishini oʻzgartirish boʻyicha ruхsatnomaga oʻzgartirilgan ob’yektga biriktirilgan yer uchastkasining chegara sхemasi ilova qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.09.2023 yilda kuchga kirdi. 

 

Sobir Nurberdiyev