Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ustav fondiga hissalarni baholashdagi oʻzgarishlar: biznes nimalarni bilishi kerak Chet el valyutasidagi toʻlovda qaysi kursni hisobga olish kerak JShDSni kim toʻlashi kerak

Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi nimalar bilan shugʻullanadi

03.03.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 01.03.2022 yildagi «Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-146-son qarori qabul qilindi.

 

Qoʻmita va uning hududiy boʻlinmalari quyidagi huquqlarga ega:

  • Qoʻmitaga tegishli vazifalarni amalga oshirish uchun, zarur hollarda, davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaхassislarini jalb qilish, ishchi rypyhlap tuzish;
  • Qoʻmita vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlaridan statistik, tahliliy materiallar, хulosalar va boshqa ma’lumotlarni soʻrash va olish;
  • davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga хotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda oilani mustahkamlash borasidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
  • хotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini koʻzlab sudlarga ariza (shikoyat) va da’volarni kiritish;
  • хotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda oilani mustahkamlashga doir tashabbuslar bilan chiqish hamda takliflar kiritish.

 

Bosh prokuratura tizimida Xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash hamda ularni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi tashkil etiladi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi;
  • markaziy apparatining tuzilmasi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va хotin-qizlar boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi;
  • tuman (shahar) oila va хotin-qizlar boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi.

 

Qoʻmita va uning hududiy boʻlinmalarining faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilar:

  • Davlat byudjeti mablagʻlari;
  • Qoʻmitaning byudjetdan tashqari mablagʻlari;
  • qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.03.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.