Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (23.07.2018 yilda 1344-5-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan).
Birinchidan, virtual bank kartalari amaliyotga joriy etiladi. Bu internet tarmogʻidagi toʻlovlar uchun moʻljallangan fizik (plastik) tashuvchisiz maхsus bank kartasidir. Mohiyatan olganda, bunday karta toʻlovni amalga oshirish uchun zarur rekvizitlar ma’lumotlaridan iborat boʻladi. Virtual bank kartasi bank va mijoz oʻrtasida yozma shaklda yoki ofertani akseptlash orqali tuzilgan shartnoma asosida foydalanishga taqdim etiladi (tarqatiladi).
Internetda toʻlovlar amalga oshirilayotganda bank kartasining haqiqiyligini tekshirish uchun bank kartasining maхsus CVV (SVS) kodidan foydalaniladi.
Tegishincha, virtual terminal (E-POS) bank kartalari orqali toʻlov operatsiyalarini amalga oshirish va amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha elektron sliplarni (kvitansiyalarni) shakllantirish imkonini beruvchi dasturiy ta’minot hisoblanadi.
Ikkinchidan, hujjatda bank kartasining qoʻshimcha – kobeyjingli turi qayd etilgan. Kobeyjingli bank kartasi uning old tomonida logotiplari aks ettirilgan bir nechta toʻlov tizimida (masalan, UZCARD vai UnionPay) ishlaydi.
Uchinchidan, bitta karta schyotiga bir nechta qoʻshimcha bank va virtual kartani ulashga ruхsat beriladi.
Toʻrtinchidan, protsessing tashkilotiga (YaUPM) bank kartalari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish paytida antifrod tizimi (ingl. fraud – firibgarlik) – firibgarlik operatsiyalarini baholash va oldini olish tizimidan foydalanish majburiyati yuklatildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.10.2018 yildan kuchga kiradi.
Oleg Zamanov.