Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Olib kelinadigan tovarlar uchun aksiz soligʻi stavkalari deyarli oʻzgarmadi

10.01.2018


Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ–3454-son qarori bilan Oʻzbekistonga olib kelinadigan alohida tovarlar uchun aksiz soligʻi stavkalari tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonga olib kelinadigan tovarlarga aksizning ilgarigi stavkalari Prezidentning 29.09.2017 yildagi PQ–3303-son «Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori bilan belgilangan boʻlib, ular 2017 yilning 1 oktyabrigacha amal qilgan.

 

1.10.2017 yilda tasdiqlangan deyarli barcha stavkalar 2018 yilda ham oʻzgarishsiz qoldirildi (PQ–3454-son qarorga 12-2-ilova).

 

2018 yilda Oʻzbekistonga olib kiriladigan tovarlar uchun aksiz soligʻining faqat bitta yangi stavkasi qoʻshildi:

 

Tovar guruhi raqami

Tovarlar nomi

TIF TN boʻyicha tovar kodi

Tovarning bojхona qiymatidan foizlarda 

 

 

39

Karboksimetilsellyuloza va uning tuzlari

3912 31 000 0

10

 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.     


 

Irina Aхmetova.