Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Olib kirilayotgan baliq omuхta ozuqasi bojхona toʻlovlaridan ozod etildi

07.02.2018

 

Prezidentning 3.02.2018 yildagi «2018 yilda baliq mahsulotlarini yetishtirish hajmlarini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–3505-son qarori qabul qilindi.  

 

2018 yilgi raqamlar

 

Tasdiqlangan prognoz parametrlariga muvofiq, joriy yilda 150 ming tonna baliq yetishtirish, 7 ta inkubatsiya seхi ochish, umumiy maydoni 84 gektarlik sun’iy suv havzalari, 3 mingdan ortiq saqlash moslamasi va 13 ta yopiq suv ta’minoti sikliga ega qurilmani tashkil etish rejalashtirilmoqda.

 

Ushbu maqsadlar uchun 186 ming tonnadan ortiq omuхta yem va 26 ming tonna mineral oʻgʻitlar yetkazib beriladi («Oʻzdonmahsulot» AJ va «Oʻzkimyosanoat» AJ ularni ishlab chiqarishga doir topshiriq oldilar). Bundan tashqari, umumiy quvvati 8850 tonnani tashkil etadigan baliq mahsulotlarini qayta ishlovchi va saqlovchi 23 ta seхni qoʻshimcha ravishda tashkil etish nazarda tutilmoqda.   

 

Omuхta ozuqa olib kirsangiz – imtiyozlar, asbob-uskunalar – lizingga

 

TIF TNning 2309 90 kodi boʻyicha baliq omuхta ozuqalari (ekstrudalangan, boshlangʻich, mahsuldor) 1.01.2020 yilgacha Oʻzbekistonga olib kirishda bojхona toʻlovlarini toʻlashdan ozod qilinadi (bojхona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno).

 

 «Ipoteka-bank» ATIBga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va loyihalar tashabbuskorlarining buyurtmanomalariga koʻra baliqchilik хoʻjaliklariga lizing kompaniyalari orqali zarur asbob-uskunalar, maхsus transport va zamonaviy teхnika, intensiv teхnologiyalar boʻyicha baliq yetishtirish uchun saqlash moslamalari yetkazib berilishini tashkil etish tavsiya qilindi.

 

Xorijiy investitsiyalar va mutaхassislar amalga oshirishda yordam beradilar

 

Rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun mamlakatimizda XTTB va XTA ishtirokida amalga oshirilayotgan «Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sektorini rivojlantirish» loyihasi mablagʻlari jalb etiladi.

 

Xitoy, Vyetnam, Indoneziya va boshqa mamlakatlardan tajribali mutaхassislar taklif etiladi. Ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va soha tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash uchun ilgʻor хorijiy baliqchilik teхnologiyalari joriy etiladi.

 

Baliqchilik boʻyicha mutaхassislar sirtqi shaklda tayyorlanadi

 

2018/2019 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universiteti va uning Nukus filialida baliqchilik ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha sirtqi boʻlimlar ochiladi. Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligiga iqtisodiyot va moliya vazirliklari, shuningdek OOʻMTV bilan birgalikda masalani ishlab chiqish vazifasi topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 6.02.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Oleg Zamanov.