Bu Prezidentning PF-5146-son farmoni bilan koʻzda tutilgan. Hujjat davlat rahbari saytida taqdim etilgan.
Joriy yilning 1 avgustidan boshlab qayta tuzilgan Oʻzbekiston Qishloq хoʻjaligi fanlari akademiyasining ilmiy хodimlariga oylik gonorar toʻlanadi (JShDS undirilmasdan):
Shuningdek, koʻrsatilgan ilmiy хodimlar bir nafar kuzatuvchi shaхs bilan birga bir yilda bir marta oʻzlari uchun maqbul boʻlgan muddatda sogʻlomlashtirish kursidan bepul foydalanish huquqiga egadirlar.
U Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga hamda Yalta va Kislovodsk shaharlaridagi (Rossiya Federatsiyasi) “Oʻzbekiston” kurort-sogʻlomlashtirish AOning sanatoriylariga taqdim etiladi.
Yoʻllanma qiymati Davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz.