Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Olimpiya oʻyinlari gʻoliblariga mukofotlar miqdori aniqlandi

15.02.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 14.02.2022 yildagi “Oʻzbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishki Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-127-son qaror imzolandi.

 

2024 yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:

  • oltin medal uchun - $200 000;
  • kumush medal uchun - $100 000;
  • bronza medal uchun - $50 000.

 

Bunda mazkur хarajatlar Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

 

Transport vazirligiga Turizm va sport vazirligi bilan birgalikda sport musobaqalari, oʻquv-mashgʻulotlar yigʻinlarida olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha terma jamoa a’zolarining ishtirokini ta’minlash uchun viloyatlararo yoʻnalishlar boʻyicha (temir yoʻl va aviachipta) transport хarajatlariga 2022 yil 1 martdan 2024 yil 1 sentyabrga qadar chegirmalar joriy etish topshirildi.

 

Bundan tashqari, quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etish huquqi uchun litsenziyani qoʻlga kiritishga tayyorgarlik koʻrayotgan Oʻzbekiston sportchilariga zarur shart-sharoitlar yaratish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida homiylik хayriya yordamini koʻrsatish;
  • Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga ajratilgan pul mablagʻlaridan oqilona, tejamkor, samarali va maqsadli foydalanilganligi haqida har chorakda ularning hisobotini eshitib borish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.02.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.