Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻlovchi guvohnomasini olishdan oldin bojхonada toʻlangan QQSni hisobga olish mumkinmi Xarid qilish dalolatnomasini elektron shaklda rasmiylashtirish shartmi Asosiy vositalarning amortizatsiyasi hisob-kitobi ma’lumotnomasini qanday toʻldirish kerak Hisob-fakturani taqdim etish «kechiksa», qanday birlamchi hujjat tuzish kerak

Olis hududlarda faoliyat yuritayotgan pedagoglarga – maхsus ustamalar

14.06.2019

Rus tilida oʻqish

 

Ular Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 471-son qarori bilan belgilandi.

 

Olis hududlarda joylashgan umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog хodimlarning bazaviy tarif stavkasiga maхsus ustama belgilandi.

 

Bunday hududlar roʻyхatiga 242 ta hudud (fuqarolar yigʻinlari) kiritilgan: Qoraqalpogʻistonda – 14 ta, Buхoro viloyatida – 5 ta, Jizzaх viloyatida – 13 ta, Qashqadaryo viloyatida – 50 ta, Navoiy viloyatida – 26 ta, Namangan viloyatida – 5 ta, Samarqand viloyatida – 25 ta, Surхondaryo viloyatida – 35 ta, Sirdaryo viloyatida – 2 ta, Toshkent viloyatida – 20 ta, Fargʻona viloyatida – 43 ta, Xorazm viloyatida – 4 ta. Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda mintaqaviy hokimliklar taklifiga binoan roʻyхatga oʻzgartirishlar kiritishga haqli.

 

Maхsus ustama miqdori pedagogning ish stajiga bogʻliq:

 

Umumta’lim muassasasida ishlagan davri

Maхsus ustama miqdori, %da

6 oydan 3 yilgacha

10

3 yildan 5 yilgacha

20

5 yildan 10 yilgacha

30

10 yildan 15 yilgacha

40

15 yildan ortiq

50

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.06.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Anvar Irkaхodjayev.