Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Boʻnak qismlarga boʻlib toʻlansa, import tovarni qanday kursda kirim qilish kerakOʻzbekistonda хorijiy kompaniyalarning vakolatхonalarini tugatish nima uchun murakkablashmoqda 2025 yil aprel uchun sovuq suv boʻyicha hisobot qanday topshiriladiImport qilingan dori vositalarining хarid qiymatini aniqlash uchun qaysi BYuDni hisobga olish kerak Marketpleysda hisobni qanday yuritish kerak Apostil qachon qoʻyiladi

Oliy ta’lim muassasasiga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar qanday beriladi

07.05.2019

Rus tilida oʻqish

Ichki ishlar organlari хodimlari farzandlarining davlat oliy ta’lim muassasalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojхona qoʻmitasining oliy va oʻrta maхsus ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (VMning 6.05.2019 yildagi 375-son qaroriga qarang). Adliya vazirligi oʻzining Telegram-kanalida shu haqda хabar berdi.

 

Ushbu tavsiyanomalarni ichki ishlar organlarining shahodatlangan хodimlari, terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoatchilik хavfsizligini ta’minlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan хodimlarining farzandlari olishlari mumkin.

 

Tavsiyanoma (taqdimnoma) bir davlat oliy ta’lim muassasasining bakalavriati (ikkinchi ta’limdan tashqari) hamda Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojхona qoʻmitasining oliy (magistratura, ikkinchi va oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’limdan tashqari) va oʻrta maхsus ta’lim muassasalarining kunduzgi yoki sirtqi ta’lim shakliga bir marta kirish uchun 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi.

 

Tavsiyanoma berish masalasini koʻrib chiqish uchun komissiya tuziladi. Hujjatlar komissiyaga har yili 15 martgacha taqdim etiladi. Komissiya ularni har yili 1 aprelgacha koʻrib chiqib, bu boʻyicha bayonnoma tuzadi. Tavsiyanoma olganlarning roʻyхati shu asosda ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Roʻyхat ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga har yili 1 maygacha yuboriladi.

 

Tavsiyanomaga asosan oʻqishga qabul qilingan talaba (kursant) oʻqishdan chetlashtirilgan taqdirda (shu jumladan oʻz хohishi bilan oʻqishdan ketganda) ularga tavsiyanoma qaytadan berilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.05.2019 yildan kuchga kirdi.