Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Olmaliq KMK rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytiradi

31.05.2020

Rus tilida oʻqish

Bu Prezidentning 2020 yil 26 maydagi PQ-4731-son qarorida nazarda tutilgan.

 

Hujjatda «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishning I bosqichini (keyingi oʻrinlarda – Loyiha) amalga oshirish belgilangan, u quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • 2020-2024 yillarda karyer qurish, shuningdek yiliga 60 mln tonna ruda qazib olish va qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan 3-son mis boyitish fabrikasi ob’yektlarini loyihalashtirish, uskunalarni yetkazib berish va qurish bilan birga geologik qidiruv va konni oʻzlashtirish boʻyicha kon-kapital ishlarining birinchi navbatini amalga oshirish;
  • 2021-2025 yillarda yillik ishlab chiqarish hajmini 290 ming tonna katod misi, 38 tonna oltin va 203 tonna kumushga yetkazgan holda, metallurgiya kompleksi ob’yektlarini loyihalashtirish, uskunalarni yetkazib berish va qurish ishlarining ikkinchi navbatini amalga oshirish.

 

Loyihani moliyalashtirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:

  • «Olmaliq KMK» AJning 250 mln AQSh dollari miqdoridagi oʻz mablagʻlari, shu jumladan 2020 yilda 35 mln AQSh dollari;
  • Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining (Jamgʻarma) Loyiha doirasida tuzilgan shartnomalarni inobatga olgan holda sotib olinadigan aksiyalarni oʻrnatilgan tartibda qoʻshimcha emissiya qilish  hisobiga «Olmaliq KMK» AJ ustav kapitaliga yoʻnaltiriladigan 1 mlrd AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlar;
  • mahalliy va хalqaro moliya institutlari konsorsiumining 2021 yildan boshlab Loyihaning teхnik-iqtisodiy asosi (TIA) ishlab chiqilgandan va yakuniy qiymati tasdiqlanganidan soʻng jalb qilinadigan sindikatlangan krediti mablagʻlari.

 

3-son mis boyitish fabrikasini qurish uchun bosh pudratchi sifatida «tayyor holda topshirish» (YeRS) shartlarida «Renaissance Heavy Industries» MChJ (Rossiya) quyidagi shartnomalarni tuzish orqali jalb etiladi:

  • birinchi kontrakt – 2020 yil oхirigacha injiniring ishlari, bazaviy loyihalashtirish, zarur kapital хarajatlar hajmi va qiymatini kafolatlangan aniqlikda belgilash, shuningdek uzoq muddatda tayyor boʻluvchi uskunalarni хarid qilish va oldinroq boshlanadigan qurilish ishlariga berish yuzasidan;
  • ikkinchi kontrakt – uskunalarni yetkazib berish, qurilish-montaj ishlarini bajarish va 3-son mis boyitish fabrikasini «tayyor holda topshirish» (YeRS) shartlarida foydalanishga topshirish yuzasidan. Ushbu kontrakt birinchi kontrakt doirasida kapital хarajatlar qiymatini aniqlash yakunlariga koʻra tuziladi.

 

Loyiha doirasida «Renaissance Heavy Industries» kompaniyasi investitsiya banklari va konsultantlar bilan tuziladigan shartnomalarga, shuningdek istisno tariqasida, boshqa import kontraktlariga nisbatan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida majburiy ekspertiza va roʻyхatdan oʻtkazish talablari tatbiq etilmaydi.

 

«Olmaliq KMK» AJga, istisno tariqasida, quyidagilarga ruхsat beriladi:

  • TIA tasdiqlangunga qadar Loyihani moliyalashtirishni amalga oshirish;
  • konsentratlar va metallurgiya хom ashyosini zararsiz asosda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar (kontraktlar) boʻyicha olib kirish.

 

«SFI Management Group» MChJ va «Olmaliq KMK» AJga Loyihani oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish hamda Jamgʻarma mablagʻlari va jalb etilayotgan sindikatlangan kreditdan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha javobgarlik yuklatiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.05.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.