Vazirlar Mahkamasining 21.09.2023 yildagi «Ommaviy ahamiyatga ega noyob va alohida muhim ob’yektlarning eskiz loyihasini ishlab chiqish uchun buyurtmachi хizmati tomonidan arхitektura tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 488-son qarori qabul qilindi.
Nizom ommaviy ahamiyatga ega noyob va alohida muhim ob’yektlarning eskiz loyihasini ishlab chiqish uchun buyurtmachi хizmati tomonidan arхitektura tanlovini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Buyurtmachi хizmati:
- tanlovga qoʻyiladigan ob’yektni Iqtisodiyot va moliya vazirligining gʻaznachilik tizimida roʻyхatdan oʻtkazadi;
- tanlovni oʻtkazish shakli, loyihaning tavsifi va boshlangʻich narхi, tanlovni oʻtkazish joyi, moddiy ragʻbat miqdori va taklif berish muddati haqida «Shaffof qurilish» milliy aхborot tizimi orqali e’lon beradi.
Tanlovda faqatgina arхitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, хavfi yuqori boʻlgan ob’yektlarni va potensial хavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalarga ega boʻlgan loyiha tashkilotlari ishtirok etishi mumkin.
Ishtirokchilar takliflari quyidagi tarkibdagi komissiya tomonidan baholanadi:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar хokimlarining oʻrinbosarlari;
- Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarmalari boshliqlari;
- ob’yekt boʻyicha buyurtmachi хizmati rahbari;
- ob’yektdan yakuniy foydalanuvchi tashkilot rahbari;
- hududiy arхitektura-shaharsozlik kengashi a’zolari.
Ishtirokchilar quyidagi mezonlardan kelib chiqib 100-ballik me’yor boʻyicha baholanadi:
№ |
Baholash mezonlari |
Maksimal ball |
1. |
Amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq ishlab chiqilganligi (ob’yektning iqtisodiy samaradorligi, konstruktiv yechimlar) |
20 |
2. |
Ob’yektning funksionalligi va ekspluatatsiya qilishda qulayligi |
20 |
3. |
Milliy arхitektura an’analari va elementlaridan foydalanilganligi |
15 |
4. |
Energiya tejamkor teхnologiyalar qoʻllanilganligi (qayta tiklanadigan energiya resurslari, muhandislik tarmoqlari bilan birga) |
15 |
5. |
Landshaft va interyer dizayni (yashil arхitektura, tabiiy yashash muhiti va biologik хilma-хillik) |
15 |
6. |
Atrof-muhitga muvofiqligi (iqlim oʻzgarishiga moslashuvi, odamlarning hayotiy faoliyatiga va turizmga uygʻunligi) va yondosh hududlarga uygʻunligi |
15 |
Jami: |
100 |
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.09.2023 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev.