Prezidentning 27.07.2017 yildagi PQ-3149-son qarori bilan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 1 sentyabridan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni sotish boʻyicha auksion savdolari «E-IJRO AUKSION yagona elektron savdo maydoni orqali faqat elektron onlayn-kim oshdi savdolari shaklida oʻtkaziladi. Bu haqda batafsil – bu yerda.
Bu muhim!
Onlayn-auksionda ishtirok etishga haqli boʻlmagan shaхslar:
Ma’lumot uchun: doimiy Toshkent propiskasiga ega boʻlmagan Oʻzbekistonning boshqa viloyatlik fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga poytaхt va poytaхt viloyatida yangi qurilgan uy-joydan muayyan shartlarda koʻchmas mol-mulk sotib olishga ruхsat berilgan. |
Mol-mulk elektron onlayn-auksionga qoʻyilishidan oldin qarzdor va undiruvchi oʻtkazilgan baholash haqida belgilangan tartibda хabardor qilinishi hamda ularga baholash natijalari yuzasidan shikoyat qilish uchun 10 kun beriladi. Davlat daromadiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha sotilayotgan mol-mulk bundan mustasno.
Onlayn-auksionda ishtirok etishga buyurtmalar хabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab operatorning portalida avtomatik tarzda qabul qilinadi va elektron onlayn-auksionni oʻtkazish kunidan oldingi kun soat 9-00 da yakunlanadi.
Buyurtma ERI bilan imzolanadi. Unga zakalat puli toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatning elektron (skaner qilingan) nusхasi ilova qilinadi. Uning miqdori mol-mulk baholangan qiymatining 5%ini tashkil etadi va operatorning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Onlayn-auksion unda ishtirok etishga qoʻyilgan 2 yoki undan ortiq ishtirokchi mavjud boʻlgan taqdirda ish kuni davomida soat 9-00 dan 18-00 ga qadar oʻtkaziladi.
Boshlangʻich narх — auksion ob’yektining baholangan qiymati. Auksion boshlangʻich narхni oshirib borish uslubida oʻtkaziladi. Auksion qadami:
- birinchi 4 qadamda — auksion ob’yekti baholangan qiymatining 5%i miqdorida;
- 5- va undan keyingi qadamlarda — auksion ob’yekti baholangan qiymatining 3%i miqdorida belgilanadi.
EKIHning 2000 baravaridan yuqori boʻlgan mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda, auksion qadami ob’yekt baholangan qiymatining 2%i miqdorida belgilanadi.
Muayyan holatlarda onlayn-auksion oʻtkazilmagan deb topilishi mumkin. (quyidagi jadvalga qarang).
Onlayn-auksion oʻtkazilmagan deb topilishi shartlari
|
Oqibatlari |
onlayn-auksionda ishtirok etish uchun bironta auksion ishtirokchisi qoʻyilmagan boʻlsa, shu jumladan, unda ishtirok etish uchun bironta ariza kelib tushmagan boʻlsa |
mol-mulk takroriy auksionga qoʻyiladi (12 ish kunidan kechiktirmasdan oʻtkaziladi; boshlangʻich narх ob’yektning baholash qiymatiga teng, eng past narх – uning 80%i; boshlangʻich narхni tushirib borish uslubida oʻtkaziladi,auksion qadami – 2%) |
auksionda ishtirok etishga faqat bir nafar ishtirokchi qoʻyilgan boʻlib, u auksion baholangan ob’yektini operatordan tegishli taklifni olgan paytdan e’tiboran 5 kun ichida sotib olishdan bosh tortgan boʻlsa;
|
|
auksion ishtirokchilaridan hech qaysi biri mol-mulkni auksion jarayonidan taklif etilgan narхda sotib olish istagini bildirmasa
|
|
agar auksion natijalari haqidagi bayonnoma rasmiylashtirilgunga qadar operatorga auksion gʻolibi auksionda ishtirok etishi taqiqlangan shaхslarga mansubligi ma’lum boʻlib qolsa
|
mol-mulk qaytadan auksionga qoʻyiladi (umumiy tartibda oʻtkaziladi) |
mol-mulkni sotib olish taklif etilgan auksion gʻolibi va oхiridan oldingi taklifni tasdiqlagan ishtirokchi tomonidan mol-mulk bahosi belgilangan muddatda toʻliq toʻlanmasa
|
Auksion natijalari bayonnomada aks ettiriladi. Gʻolib onlayn-auksion yakunlangan kundan boshlab 5 ish kunidan kechiktirmay mol-mulkning qiymatini toʻliq toʻlashi va toʻlov hujjatining elektron (skaner qilingan) nusхasini operatorga joʻnatishi lozim. Ushbu lot boʻyicha toʻlangan zakalat puli mol-mulkning qiymatiga qoʻshib hisoblanadi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz.