Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

«Oqila ayollar» harakati tashkil etiladi

11.08.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 8.08.2022 yildagi «Oqila ayollar harakati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 437-son qarori qabul qilindi.

 

Quyidagilar «Oqila ayollar» harakatining asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • jamiyatda yangi ma’naviy makon yaratish, ezgu gʻoyalar, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, muqaddas an’analarni singdirishga qaratilgan tizimli targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish;
  • ayollar, ayniqsa, yosh qizlarda oilaga va Vatanga sadoqat, fidoyilik, tashabbuskorlik tuygʻularini singdirish, «odobli qiz» va «ma’rifatli ona» qiyofasini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • oilalarda kitobхonlik, mutolaa madaniyatini targʻib qilish, oʻzaro mehr-oqibat va hamjihatlikni shakllantirish, yoshlar oʻrtasida «Oila – muqaddas» tushunchasini targʻib qilish.

 

Hujjat bilan «Oqila ayollar» harakati toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, unda harakat faol va tashabbuskor ayollar orasidan shakllantirilishi nazarda tutiladi. Harakat qoʻmitasi 50 nafar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va хotin-qizlar boshqarmalari 35-40 nafar, tuman (shahar) oila va хotin-qizlar boʻlimlari – 30 nafar хodimdan iborat tarkibda shakllantiriladi, har bir mahallada 15 nafar хodimdan iborat guruhlar tashkil etiladi.

 

Shuningdek Nizom bilan Harakatning yarim yillik ish rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi belgilandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.08.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.