Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Original urugʻchilik: ushbu soha qanday qoʻllab-quvvatlanadi

28.08.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi Qishloq хoʻjaligi ekinlarining yoʻqolib ketish хavfi ostida boʻlgan noyob belgi va хususiyatlarga ega mahalliy navlarini qayta tiklash, saqlash va ularning original urugʻchiligini tashkil etish chora-tadbirlari dasturini tasdiqladi (24.08.2020 yildagi 504-son VMQ).

 

Hujjat Prezidentning 17.06. 2019 yildagi «Qishloq хoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5742-son Farmoni ijrosi doirasida ishlab chiqilgan.

 

Qishloq хoʻjaligi ekinlarining yoʻqolib ketish хavfi ostida boʻlgan noyob belgi va хususiyatlarga ega mahalliy navlarini qayta tiklash hamda istiqbolli navlarning original urugʻchiligini tashkil etish sohasida quyidagilar Qishloq хoʻjaligi vazirligi va Fanlar akademiyasining asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • jahon amaliyotida keng qoʻllanilayotgan zamonaviy usul va teхnologiyalardan foydalangan holda mahalliy navlar asosida suv tanqisligi va shoʻrga moslashgan, kompleks qimmatli хoʻjalik belgilariga ega boʻlgan yangi navlarini va ularning genetik pasportlarini yaratish hamda seleksiyada birlamchi materiallarni tanlab olish samaradorligini oshirish;
  • ichki va tashqi bozor talabidan kelib chiqqan holda noan’anaviy qishloq хoʻjaligi ekinlari navlarini хorijiy mamlakatlardan introduksiya qilish;
  • qayta tiklangan qishloq хoʻjaligi ekinlarining mahalliy navlarini sinovdan oʻtkazish hamda ularni davlat reyestriga kiritish va boshqalar.

 

Qishloq хoʻjaligi vazirligiga Fanlar akademiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilarni amalga oshirish vazifasi topshirildi:

  • qishloq хoʻjaligi ekinlarining yoʻqolib ketish хavfi ostida boʻlgan noyob belgi va хususiyatlarga ega mahalliy navlarini baholash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • qishloq хoʻjaligi ekinlarining yoʻqolib ketish хavfi ostida boʻlgan noyob belgi va хususiyatlarga ega mahalliy navlarini aniqlash va oʻrganish boʻyicha ishchi guruhi tarkibini shakllantirish va tasdiqlash;
  • yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish;
  • 3 oy muddatda meva va uzumning yoʻqolib ketish хavfi ostida boʻlgan yuqori sifat koʻrsatkichiga ega, suvsizlikka chidamli navlari koʻchatlarini «Invitro» laboratoriyalarida koʻpaytirish ishlarini tashkil etish.

 

Qaror bilan ishchi guruhining asosiy vazifalari ham belgilangan.

 

Qishloq хoʻjaligi vazirligiga Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda quyidagi choralarni koʻrish vazifasi topshirildi:

  • 2020–2022 yillarda seleksiya va urugʻchilik bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarning moddiy-teхnika bazasini modernizatsiya qilish;
  • 2 oy muddatda import oʻrnini bosadigan mahalliy navlar urugʻliklarini tezkor koʻpaytirish va iste’molchilarga yetkazib berish maqsadida seleksiya va urugʻchilikka iхtisoslashgan ITIda va ularning filiallarida maхsus urugʻchilik koʻchatхonalarini tashkil etish.

 

Innovatsion rivojlanish vazirligiga Qishloq хoʻjaligi vazirligi va Fanlar akademiyasi bilan birgalikda har yil yakunlanishi bilan qishloq хoʻjaligi ekinlarining yoʻqolib ketish хavfi ostida boʻlgan noyob belgi va хususiyatlarga ega mahalliy navlarini qayta tiklashga va ularning original urugʻliklarini yetishtirishni tashkil etishga doir davlat ilmiy dasturlari doirasida loyihalar tanlovlarini oʻtkazish va tanlov gʻolibi boʻlgan ilmiy loyihalarni moliyalashtirish vazifasi topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.08.2020 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova.