Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

OTB ishtirokidagi loyihalar parametrlari tasdiqlandi

10.07.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 7.07.2020 yildagi “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni rivojlantirish loyihalarini tayyorlashni moliyalashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 426-son qarorni qabul qildi.

 

Besh yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 25 yilda qaytarish sharti bilan $15 mln miqdorida qarz berish toʻgʻrisida qarz bitimi 2019 yil 13 noyabrda imzolangan. Loyihaning umumiy qiymati $16,76 mln ni tashkil etadi. Ulardan: OTB qarzi - $15 mln, Oʻzbekiston Respublikasining ulushi (soliq imtiyozlari hisobidan) - $1,76 mln. Loyihani amalga oshirish davri - 4 yil - 2020-2023 yillar.

 

Loyiha doirasida quyidagi investitsiya loyihalarini tayyorlash nazarda tutilgan:

  • Toshkent viloyati shahar va tumanlarining ichimlik suv va kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya va qurish loyihasi (faza 3) - loyiha tashabbuskori Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi;
  • Ichimlik suv va oqova suv ta’minotini rivojlantirish dasturi - loyiha tashabbuskori Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi;
  • Shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi - loyiha tashabbuskori Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.

 

Quyidagilar:

  • “Oʻzbekistan Respublikasida shaharlarni rivojlantirish loyihalarini tayyorlashni moliyalashtirish” loyihasining asosiy koʻrsatkichlari;
  • “Oʻzbekistan Respublikasida shaharlarni rivojlantirish loyihalarini tayyorlashni moliyalashtirish” loyihasi boʻyicha Osiyo taraqqiyot banki qarzini qaytarish va foizlarni toʻlashning prognoz jadvali tasdiqlandi.

 

Belgilanishicha, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi “Kommunхizmat” agentligi va “Oʻzsuvta’minot” AJ - uy-joy kommunal хizmat kursatish sohasidagi loyihalarning, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi  -“Shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasining oʻz vaqtida amalga oshirilishi, OTB qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanishi uchun mas’ul boʻlgan ijro etuvchi organlar hisoblanadi.

 

OTB qarzlarini qaytarish va foizlarni toʻlash muddatlari va manbalari belgilandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.07.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Bahodir Qayumov.