Vazirlar Mahkamasining 08.02.2022 yildagi “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Moliya bozorini rivojlantirish dasturi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 63-son qarori qabul qilindi.
2021 yil 7 oktyabrda Osiyo taraqqiyot banki Direktorlari kengashi tomonidan “Moliya bozorini rivojlantirish dasturi” loyihasi doirasida Oʻzbekistonga 25 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davr bilan $100 mln miqdorida qarz ajratilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
OTB mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi byudjetining хarajatlarini moliyalashtirish uchun foydalaniladi. Moliya vazirligi - loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring olib borish, shuningdek, OTB mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi. Valyuta хatarlarini qisman хedjirlash maqsadida хalqaro moliyaviy kontragentlar bilan hamkorlikda OTB mablagʻlarining $20 mln miqdoridagi qismi boʻyicha 3 yil muddatga ilk sinov svop operatsiyasini amalga oshirish nazarda tutilgan.
OTB mablagʻlarini qaytarish va foiz boʻyicha toʻlovlar hamda ilk sinov svop operatsiyasi doirasida amalga oshiriladigan foiz toʻlovlari bilan bogʻliq хarajatlar Oʻzbekiston respublika byudjetining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Bunda, Xalqaro svop va derivativlar assotsiatsiyasining bosh kelishuviga asosan tushadigan daromadlar Respublika byudjetining daromadlari sifatida aks ettiriladi.
Markaziy bankka loyihani hamda Xalqaro svop va derivativlar assotsiatsiyasi bilan tranzaksiyalarni amalga oshirishda moliyaviy agent funksiyasini bajarish tavsiya etildi.
Osiyo taraqqiyot banki tomonidan “Moliya bozorini rivojlantirish dasturi” loyihasi doirasida ajratiladigan qarzni qaytarish va foiz boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali tasdiqlandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.02.2022 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.