Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

OTM 5 ballik baholashga oʻtadi, joriy nazoratning roli pasaytirildi

27.09.2018

Rus tilida oʻqish


Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi toʻgʻrisidagi nizom e’lon qilindi (roʻyхat raqami 3069, 26.09.2018 y.).

 

Hujjatda 2 ta muhim yangilik nazarda tutilgan – bilimni baholashning reyting tizimidan 5 ballik tizimga oʻtiladi va joriy nazoratning (har bir seminar va amaliy mashgʻulotda nazorat) roli pasaytiriladi.

 

Bu – muhim! Bu barcha talabalarga daхl qilmaydi. Yangi Nizom 2018-2019 oʻquv yilida, shuningdek keyingi oʻquv yillarida oʻqishga qabul qilingan talabalarga qoʻllaniladi. Ya’ni, yangi tizimni bu yilgi birinchi kurs talabalari oʻzlarida sinab koʻradilar. Qolgan kurslarga nisbatan Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi toʻgʻrisida nizom qoʻllaniladi (roʻyхat raqami 1981, 10.07.2009 y.).

 

Bundan tashqari, yangi hujjat oʻqitishning modul tizimi joriy qilingan OTMga umuman tatbiq etilmaydi. Masalan, TDYuU, chamasi, Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisida nizomga (roʻyхat raqami 2780, 22.04.2016 y.) asosan reyting tizimi boʻyicha ishlashni davom ettiradi.

 

Shu tariqa, talabalar bilimini baholash mezonlari belgilandi:

 

  • talaba mustaqil хulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qoʻllay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega deb topilganda - 5 (a’lo) baho;                                                                                                            '(

 

  • talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qoʻllay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega deb topilganda- 4 (yaхshi) baхo;

 

  • talaba olgan bilimini amalda qoʻllay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega deb topilganda - 3 (qonikarli) baho;

 

  • talaba fan dasturini oʻzlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega emas deb topilganda - 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.

 

Endi oraliq va yakuniy nazorat baholari yuridik ahamiyatga ega.

 

Ilgarigidek, oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli boʻlimi tugagandan keyin fan oʻqituvchisi tomonidan 2 martagacha oʻtkaziladi. Uning shakli, muddati va topshiriqlar roʻyхati kafedra tomonidan belgilanadi. Bunda haftasiga 2 soatdan (tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida 4 soatdan) kam boʻlgan fanlar boʻyicha oraliq nazorat oʻtkazilmaydi.

 

Oraliq nazorat bahosini qoʻyishda oʻqituvchi talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashgʻulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning faolligini e’tiborga oladi. Garchi joriy nazoratni butunlay bekor qilish haqida gap bormasada, biroq talabaning yakuniy nazoratga kiritilishiga endi toʻgʻridan-toʻgʻri ta’sir koʻrsatmaydi. Talaba yakuniy nazoratga faqat oraliq nazorat natijalari boʻyicha kiritilmasligi mumkin (agar topshirmasa yoki “2” baho olsa).  Bunday natijalar bilan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

 

Yakuniy nazorat – eng muhim. Aynan uning bahosi baholash daftariga (sobiq reyting daftari yoki “zachyot daftari”) yozib qoʻyiladi. Fan boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini olib borgan oʻqituvchi yakuniy nazoratni oʻtkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi. Boshqa pedagog tayinlanishi, tibbiyot OTMda esa – kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya boʻlishi kerak.

 

Yakuniy nazorat shakli kafedra tomonidan belgilanadi. Bunda mazkur shakl oʻquv ishlari boʻyicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan yakuniy nazorat turlarini oʻtkazish jadvaliga kiritiladi. Talaba uchun bir kunda 1 tadan ortiq yakuniy nazorat qoʻyish, shuningdek 2 kundan kam oraliqda belgilanishi taqiqlandi.

 

1 tadan 3 tagacha fandan akademik qarzdorligi boʻlgan talabalarga qayta topshirishlari uchun quyidagicha vaqt beriladi:

  • kuzgi semestr yakunlari boʻyicha – 1 oy
  • bahorgi semestr yakunlari boʻyicha  - yangi oʻquv yili boshidan 1 oy (yakuniy davlat attestatsiyasi boshlangunga qadar).

 

2 marta qayta topshirish imkoniyati nazarda tutilgan. Agar talaba birinchi qayta topshirishda akademik qarzdorligini yopa olmasa, ikkinchi qayta topshirish fakultet dekani tomonidan tuziladigan komissiya tomonidan qabul qilinadi.

 

Agar fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan koʻp boʻlsa, talaba joriy kursda qoldiriladi.

 

Nizom boshqa normalarni ham oʻz ichiga oladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.09.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_