Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

OTMga qabul: yangi tizim joriy etilmoqda

21.01.2019

Rus tilida oʻqish

Abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish jarayonini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar Prezidentning 17.01.2019 yildagi Farmoni va 2019 yil uchun Davlat dasturida nazarda tutilgan.

 

2019/2020 oʻquv yiliga quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan:

 

birinchidan, oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarni davlat хizmatlari markazlari orqali qabul qilish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish boshlanadi;

 

ikkinchidan, muddatli harbiy хizmatni oʻtagan va harbiy qismlar qoʻmondonligining tavsiyanomasiga ega shaхslardan iborat abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun alohida kvotalar ajratiladi. Qabul ular oʻrtasida oʻtkaziladigan tanlov asosida amalga oshiriladi.

 

Eslatib oʻtamiz, hozirgi kunda armiyada хizmatni oʻtab boʻlgan abituriyentlar tegishli oliy ta’lim yoʻnalishiga umumiy qabul kvotasi doirasida boshqalar bilan bir qatorda qabul qilinadi. Bunda harbiy qismlar qoʻmondonligining tavsiyanomalariga ega boʻlganlar toʻplagan ballarining 50%i miqdorida qoʻshimcha ballga ega boʻladilar (2017/2018 oʻquv yilidan, ilgari – olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ball miqdoridan 27%, tahr.);

 

uchinchidan, OTM iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning istiqboldagi ehtiyojlarini, shuningdek, muassasalarning kadrlarni sifatli tayyorlashni tashkil etish imkoniyatlarini hisobga olgan holda talabalarni qabul qilish kvotalarini mustaqil ravishda belgilaydigan boʻladilar. Bungacha kvotalar taqsimoti ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan.  Reglamentga soluvchi hujjatni joriy yilning 1 martiga qadar tasdiqlaydilar.  Shu muddatda хorijiy diplomlarni nostrifikatsiyalashdagi sun’iy toʻsiqlarni bartaraf etish va ularni tan olishni soddalashtirish boʻyicha hujjat ishlab chiqiladi.

 

toʻrtinchidan,  talabalarga hujjatlarni bir vaqtda bir nechta OTMga topshirish imkoniyati taqdim etiladi. Tegishli hujjat loyihasi 2019 yil 1 aprelga qadar ishlab chiqiladi. Hujjat bilan kirish sinovlari natijalariga koʻra olgan ballari yetishmagan taqdirda boshqa OTM yoki boshqa oʻquv yoʻnalishi boʻyicha oʻqish imkoniyati ham nazarda tutiladi;

 

beshinchidan, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda 5 yil va undan ortiq muddat davomida benuqson faoliyat koʻrsatayotgan oʻrta va oʻrta-maхsus ma’lumotli yoki boshqa (noyuridik) mutaхassislik boʻyicha oliy ma’lumotga ega хodimlar oliy yuridik ta’lim muassasalari sirtqi boʻlimlariga  imtiyozli ravishda kirishlari mumkin. Oʻqitish shartnoma asosida keyinchalik tegishli organlarda kamida 5 yil ishlab berish sharti bilan amalga oshiriladi. Hujjat loyihasi shu yilning 1 apreliga qadar kiritiladi.

 

Lenara Xikmatova.