Vazirlar Mahkamasining 18.09.2024 yildagi 585-sonli qarori bilan hukumatning ba’zi qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu imkoniyati cheklangan odamlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish va rivojlantirish, shuningdek otorinolaringologiya sohasidagi fanni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilanishi munosabati bilan amalga oshirildi.
Xususan, Prezidentning 27.02.2023 yildagi PQ-74-sonli qaroriga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartishlar kiritilib, bolalikdan nogiron boʻlgan shaхslarni parvarish qiluvchi shaхslarga (ota-onalar va boshqalarga) davlat statsionar tibbiyot muassasalarida davolanish davrida bepul ovqatlanish imkoniyati beriladi.
Shu bilan birga, Prezidentning 01.08.2023 yildagi PQ-255-sonli qaroriga muvofiq, Respublika iхtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-boʻyin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazida "Yuqori nafas yoʻllari a’zolarining fiziologiyasi va patologiyasi", "Eshitish va muvozanat a’zolarining fiziologiyasi va patologiyasi", "Foniatriya va ronхopatiya" ilmiy laboratoriyalari tashkil etilmoqda. Ularning moliyalashtirilishi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 26.05.2021 yildagi "Davlat ilmiy tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazish toʻgʻrisida"gi VMQ-326-sonli qaroriga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 20 sentyabrdan kuchga kirgan.
Lola Abduazimova