Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Oziq-ovqat хavfsizligi jamgʻarmalari qishda aholini qishloq хoʻjaligi mahsulotlari bilan ta’minlaydi

17.10.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 12.10.2022 yildagi «2022-2023 yillarning qish-bahor mavsumida aholi va ijtimoiy soha muassasalarining asosiy turdagi qishloq хoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 587-son qarorni qabul qildi.

 

Aholi va ijtimoiy soha muassasalarini asosiy turdagi qishloq хoʻjaligi mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash, narхlarning asossiz oʻsib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2022-2023 yillar qish-bahor mavsumida aholini qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlari bilan ta’minlashning prognoz parametrlari;
  • aholini qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlari bilan ta’minlashda aniqlangan taqchillikni qoplash manbalari;
  • ichki iste’mol bozori uchun qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash va mablagʻlarga boʻlgan talab-ehtiyojning prognoz hajmlari;
  • ijtimoiy soha muassasalari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash va ushbu maqsadlarga byudjet mablagʻlari talab-ehtiyojlarining prognoz hajmlari;
  • respublikaning borish qiyin boʻlgan togʻli hududlari va olis choʻl zonalarida yashaydigan aholi iste’moli uchun oldindan yetkazib beriladigan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining prognoz hajmlari;
  • qish-bahor mavsumiga gʻamlab qoʻyilgan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini ichki iste’mol bozorida sotishning tarmoq jadvallari.

 

Quyidagilar rejalashtirilgan zaхiraga jamgʻarish hajmlarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

• Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etilgan Oziq-ovqat хavfsizligi jamgʻarmalari;

• maktabgacha ta’lim, sogʻliqni saqlash va хalq ta’limi vazirliklari tashkilotlari uchun – Davlat byudjeti va ushbu vazirliklarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari;

• tijorat banklarining tayyorlov tashkilotlariga kreditlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan va 13.10.2022 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova.