Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Pasportlarni hisobga olish va yoʻq qilish kim tomonidan amalga oshiriladi?

01.06.2017

 

Prezidentning 30.05.2017 yildagi PF-5061-son Farmoni bilan Oʻzbekiston fuqarolarining biometrik pasportlari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning biometrik harakatlanish hujjatlarini hisobga olish va yoʻq qilish tartibi belgilandi. Hujjat matni davlat rahbarining rasmiy saytida e’lon qilindi.

 

Ma’lumot uchun: hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi nizomga koʻra biometrik pasportlarni yoʻq qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazida amalga oshiriladi.

 

Farmon bilan shunday tartib joriy qilindiki, unga koʻra biometrik pasportlar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning biometrik harakatlanish hujjatlarini hisobga olish va yoʻq qilish:

  • ularni tayyorlash chogʻida yaroqsiz holga kelganlari va almashtirish uchun IIO migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari va TIV konsullik boshqarmasidan qaytarilganlari – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazida;
  • muddati oʻtgan va haqiqiy emas deb topilganlari - IIO migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari va TIV konsullik boshqarmasida amalga oshiriladi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz