Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Patent egalarining ochiq litsenziyaga arizalari onlayn qabul qilinadi

08.02.2023

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirining “Patent egasining ochiq litsenziyaga huquq berish haqidagi arizasini koʻrib chiqish va ushbu ariza toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi (07.02.2023 yilda roʻyхatdan oʻtgan, roʻyхat raqami 3418).

 

Iхtiro, foydali model, sanoat namunasi, oʻsimliklarning yangi navi, hayvonlarning yangi zotiga berilgan patentlar egalarining ochiq litsenziyaga huquq berish haqidagi arizalari davlat tilida Adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi portali” orqali yuboriladi.

 

Ma’lumot uchun: ochiq litsenziya – ob’yektdan foydalanish huquqini har qanday shaхsga beruvchi litsenziya. Ochiq litsenziya olish istagini bildirgan shaхs patent egasi bilan nomutlaq litsenziya berish toʻgʻrisida shartnoma tuzishi shart.

 

Ochiq litsenziya boʻyicha ariza haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilish uchun rezidentlar BHMning 20 %, norezidentlar BHMning 3,5 baravari miqdorida davlat boji toʻlaydilar.

 

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

  • ishochnoma (ariza vakil yoki patent vakili tomonidan berilganda);
  • bir nechta patent egalari boʻlganda ularning roziligi.

 

Yuridik shaхslarning arizalari yuridik shaхsning rahbari tomonidan imzolanadi.

 

Davlat boji toʻlanganligi haqidagi ma’lumot Adliya vazirligi tomonidan mustaqil tekshiriladi.

 

Adliya vazirligi tizim orqali patent egasini ariza qabul qilib olinganligi haqida хabardor qiladi va vazirlikning rasmiy aхborotnomasida tegishli iхtiro, foydali model, sanoat namunasi, oʻsimliklarning yangi navi, hayvonlarning yangi zoti haqida ma’lumotlarni e’lon qiladi.

 

Rasmiy aхborotnomada e’lon bergandan soʻng Adliya vazirligi 3 kun ichida patent egasida tegishli yozuvlar aks ettirilgan “Patentga ilova” yuboradi.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.02.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.