Vazirlar Mahkamasining 13.05.2016 yildagi 153-son Qarori bilan Toshkent davlat pedagogika universiteti (TDPU) faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Belgilanishicha, Nizomiy nomidagi TDPU oliy ta’limning pedagogika yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida respublikaning bazaviy oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Quyidagilar uning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilandi:
respublika uzluksiz ta’lim tizimi uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni хalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash;
davlat ta’lim standartlarini, oʻquv rejalari va dasturlarni ishlab chiqish;
respublikada pedagog, muhandis-pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining ilmiy-pedagogik va oʻquv-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish;
pedagogik ta’lim muassasalari faoliyatini ilmiy-metodik ta’minlash;
ushbu tizim pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini tashkil etish va ilmiy-metodik ta’minlash;
хorijiy pedagogika oliy ta’lim muassasalari bilan sheriklik aloqalarini rivojlantirish.
Universitetning yangilangan tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi. Universitet Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi, 27-uy manzili boʻyicha joylashtiriladi.
Unga 1-Toshkent pedagogika kollejining binolarini bepul asosda, tasarruf etish huquqisiz beriladi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz