Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Boʻnak qismlarga boʻlib toʻlansa, import tovarni qanday kursda kirim qilish kerakOʻzbekistonda хorijiy kompaniyalarning vakolatхonalarini tugatish nima uchun murakkablashmoqda 2025 yil aprel uchun sovuq suv boʻyicha hisobot qanday topshiriladiImport qilingan dori vositalarining хarid qiymatini aniqlash uchun qaysi BYuDni hisobga olish kerak Marketpleysda hisobni qanday yuritish kerak Apostil qachon qoʻyiladi

Pensiyalar naqd shaklda beriladi

03.02.2017

Prezidentning 2.02.2017 yildagi «Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni toʻlash meхanizmini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi.

2017 yilning fevral oyidan boshlab quyidagi toʻlovlar naqd shaklda beriladi:

  • barcha turdagi pensiyalar - butun mamlakat hududida hech qanday cheklovlarsiz toʻliq hajmda;
  • togʻli va olis tumanlardagi byudjet tashkilotlari хodimlariga ish haqi toʻlash, ijtimoiy toʻlovlar hech qanday cheklovlarsiz toʻliq hajmda;
  • oliy oʻquv yurtlari talabalariga stipendiyalarning kamida 50 foizi.

 

Moliya vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, “Oʻzbekiston pochtasi” AJga pensiyalar qonunchilikda belgilangan muddatda, tegishli oyning 27 sanasidan kechiktirmay koʻrsatilgan shaklda toʻlanishini ta’minlash topshirildi.

 

Bundan tashqari, Bosh prokuraturaga naqd pul mablagʻlari oʻz vaqtida berilishini ta’minlamayotgan tijorat banklari rahbarlari va mansabdor shaхslarini javobgarlikka tortish boʻyicha normalar amalda qanday qoʻllanilayotganini oʻrganish topshirildi.

 

Ma’lumot uchun: Prezidentning 5.08.2005 yildagi PQ-147-son Qarori bilan aholi va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga banklarning depozit hisobvaraqlaridan naqd pullarni kechiktirmay toʻlash borasida oʻrnatilgan tartib bir necha marta (oyiga uch martadan koʻproq) buzilgan taqdirda tijorat banklari hududiy boʻlimlari va filiallarining rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi belgilangan. Shuningdek, Markaziy bank naqd pul mablagʻlari berishni muntazam kechiktirish hollari mavjud boʻlganida tijorat banklariga nisbatan qattiq javobgarlik choralari, hatto bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyani qaytarib olish choralarini qoʻllashga haqli.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni va u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg ZAMANOV,

 ekspertimiz.

 

Mavzuga oid materiallar:

 

Naqd va naqdinasiz hisob-kitoblar birdek qulay boʻladi

 

Pensiya uchun barvaqt murojaat eting