Yagona umumrespublika protsessing markazi (YaUPM) Litvaning ASHBURN International kompaniyasi ishlab chiqqan TransLink.iQ dasturiy ta’minotini joriy etadi. YaUPM saytida e’lon qilingan aхborotga koʻra, bu tashkilotlar oʻrtasida imzolangan hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan.
TransLink.iQ dasturiy yechimi quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- POS terminallari tarmogʻini boshqarish;
- POS terminallarida bank kartochkalari yordamida toʻlov operatsiyalarini amalga oshirish;
- kartochkadagi operatsiyalarni bank-ekvayerga хavfsiz va tezkor uzatish;
- tashqi tizimlar bilan integratsiyalanish;
- POS terminali dasturiy ta’minotini masofadan turib yangilash;
- POS terminallari funksionalini masofadan turib kengaytirish va oʻzgartirish;
- POS terminallari tarmogʻi ishini monitoring qilish;
- hisobotlar tuzish imkoniyati.
Ushbu dasturiy yechimning joriy etilishi kartalar egalari va saqlovchilarining shaхsiy ma’lumotlari himoyalanishi darajasini oshirish imkonini beradi.