Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Pokiston va Oʻzbekiston: ikkiyoqlama soliq solinishiga yoʻl qoʻyilmaydi

22.02.2016

Prezidentning 8.02.2016 yildagi PQ-2486-son Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida ikkiyoqlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad soliqlari toʻlashdan boʻyin tovlashning oldini olish toʻgʻrisida Bitimga oʻzgartishlar kiritish haqida 2015 yil 17 noyabrda Toshkent shahrida imzolangan Protokol tasdiqlandi1.

 

Tashqi ishlar vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur хalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-taomillari bajarilgani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllash topshirildi. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlashlari lozim.

 

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA 

tayyorladi. 

 

____________________  

11995 yil 22 maydagi, 2015 yil 17 noyabrda Toshkent shahrida imzolangan.