Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Pop-Namangan-Andijon temir yoʻl liniyasi 5 yilda elektrlashtiriladi

20.10.2017

Prezidentning 17.10.2017 yildagi  PQ–3336-son «Osiy Taraqqiyot banki ishtirokida «Pop-Namangan-Andijon temir yoʻl liniyasini elektrlashtirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi

 

Ma’lumot uchun: Osiyo taraqqiyot banki direktorlar kengashi (OTB) 21.04.2017 yilda «Pop-Namangan-Andijan temir yoʻl liniyasini elektrlashtirish» loyihasini amalga oshirish uchun Oʻzbekistonga 80 mln AQSh dollari miqdorida qarz berishni ma’qulladi.

 

Loyihani amalga oshirish davri – 5 yil (2017–2021 y.).

 

Berilgan qarzdan maqsadli va samarali foydalanish uchun javobgar Ijrochi organ etib «Oʻzbekiston temir yullari» AJ tayinlandi. U temir yoʻl liniyasini elektrlashtirish boʻyicha bosh buyurtmachi hisoblanadi. Tashqi elektr ta’minoti ob’yektlarini qurish boʻyicha bosh buyurtmachi – «Oʻzbekenergo» AJ.

 

Koʻrsatib oʻtilgan kompaniyalarga mustasno tariqasida loyihani amalga oshirish doirasida 1.04.2018 yilgacha loyiha-smeta hujjatlashtirishni uning doirasidagi ishlar bilan birga olib borishga ruхsat berildi. Shuningdek, ular ishlab chiqaruvchi zavodlar bilan yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari) bilan uskunalar va materiallar, ehtiyot qismlar, komplekdagi buyumlar, uzellarni yetkazib berish boʻyicha bitimlarni tender savdolari oʻtkazmasdan eng yaхshi takliflarni tanlab olish asosida yuk ortish inspeksiyasini oʻtkazish orqali tuzishlari mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 18.10.2017 yilda kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

Anvar Irkaхodjayev.