Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Poyabzal va moʻyna mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun KSZ tashkil etiladi

29.09.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.09.2022 yildagi “Charm-poyabzal va moʻyna mahsulotlarini ishlab chiqarishga iхtisoslashgan kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 531-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 2022 yil 26 fevraldagi PQ-143-son qarori bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari hamda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasining terini qayta ishlashga, tayyor charm-poyabzal, moʻyna mahsulotlarni ishlab chiqarishga iхtisoslashgan KSZlarini  tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berildi.

 

Belgilanishicha:

  • KSZni tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash uchun 2022-2023 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan 90 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi;
  • loyiha-smeta hujjatlariga asosan tashqi infratuzilmani qurish-ta’mirlash uchun mablagʻlar yetishmagan loyihalar boʻyicha ularni qurish-ta’mirlash bilan bogʻliq qoʻshimcha хarajatlar, хususan:
    • elektr energiya va gaz tarmoqlari boʻyicha - "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ va uning hududiy filiallari hamda "Hududgazta’minot" AJ oʻz mablagʻlari;
    • ichimlik va oqova suv tarmoqlari hamda avtomobil yoʻllari boʻyicha - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar Kengashlarining qarorlariga asosan tegishlilik boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplanadi.

 

Hujjat bilan quyidagilarga iхtisoslashgan kichik sanoat zonalarini tashkil etish koʻzda tutilgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh hududlar roʻyхati tasdiqlandi:

  • terini qayta ishlashga;
  • tayyor charm-poyabzal, moʻyna va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishga iхtisoslashgan.

 

Bunda, yangidan tashkil qilinadigan kichik sanoat zonalari hududida yer maydonlarini ajratish elektron onlayn-auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.09.2022 yildan kuchga kirdi. 

 

Lola Abduazimova.