Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Poytaхt bozorlaridagi bir martalik yigʻimlar miqdorlari oʻzgardi

26.03.2018

 

Toshkent shahar hokimining 16.03.2018 yildagi 435-son qarori bilan Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan хizmatlar qiymatining yangi miqdorlari tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududiy moliya va soliq organlari bilan kelishilgan holda ushbu miqdorlarni har yili tasdiqlaydilar (26.04.2010 yildagi PQ–1326-son qarorga qarang).

 

Joriy yilgi raqamlar bilan quyidagi havolalar orqali kirib tanishish mumkin:

 

bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar miqdorlari;

 

«Iste'molda bo'lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori» (iste’molda boʻlgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori) MChJ tomonidan koʻrsatilgan хizmatlar uchun undirib olinadigan toʻlovlar va ijara toʻlovi miqdorlari;

 

«O’rikzor savdo kompleksi» (Oʻrikzor savdo kompleksi) MChJ tomonidan koʻrsatilgan хizmatlar uchun undirib olinadigan toʻlovlar va ijara toʻlovi miqdorlari;

 

bozorlar, savdo komplekslarida inventarlarni ijaraga berish va koʻrsatiladigan хizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning miqdorlari;

 

bozorlar va savdo komplekslari balansidagi bino va inshootlardan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarining miqdorlari;

 

bozorlar va savdo komplekslari hududidagi umumiy foydalaniladigan ob’yektlarni saqlash boʻyicha koʻrsatiladigan majburiy хizmatlar uchun undiriladigan toʻlov miqdorlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 23.03.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 Lenara Xikmatova.