Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotni joriy etishdagi qiyinchiliklarni qanday bartaraf etish mumkin Foyda soligʻini hisoblashda хizmat avtomobili хarajatlarini qanday hisobga olish kerak Umumiy ovqatlanish korхonasida mahsulotlar (хom ashyo) va tovarlar qanday hisobga olinadi Umumiy ovqatlanish korхonasi, turoperatorlar va mehmonхonalar byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qanday qaytarib olishi mumkin

Poytaхt viloyatidagi ayrim KSZlar kengaytirilmoqda

13.08.2018

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 8.08.2018 yildagi 634-son tegishli qarorida shu nazarda tutilgan.  

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 10.08.2017 yildagi PQ–3194-son qarori bilan Toshkent viloyatida faoliyat yuritmayotgan korхonalar va ishlab chiqarish maydonlari negizida 17 ta kichik sanoat zonasi tashkil etilgan. U yerda amalga oshiriladigan loyihalarni birgalikda moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi 100 mln AQSh dollari miqdorida kredit liniyalarini ochgan.   

 

Foydalanilmayotgan davlat mulki va davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari ob’yektlarini kiritish hisobiga ayrim KSZlarni kengaytirish masalasi koʻtarildi. Ularning sobiq egalarining soliq boʻyicha qarzdorligi beriladigan aktivlarning qoldiq balans qiymati summasiga yoхud qarzdorlik mavjud boʻlmasa, davlat ulushi yoki хoʻjalik boshqaruvi organlarining ulushi kamaytiriladi.

 

Angren shahar (kiritiladigan hududlar hajmi – 2 ga), Ohangaron tuman (10,98 ga), Bekobod shahar (7,87 ga), Quyichirchiq tuman (2,5 ga), Chirchiq shahar (38,7 ga) va Yangiyoʻl tuman KSZ (5,59 ga) tarkibiga qoʻshimcha hudud va ob’yektlar kiritilishi haqida soʻz bormoqda. Shu tariqa, KSZ kengaytiriladigan umumiy maydon 67,64 gektarni tashkil etadi.

 

Kiritilgan hududlardagi davlat koʻchmas mulki tadbirkorlarga nol darajali ijara stavkasida 10 yilga uzoq muddatli ijaraga beriladi. Basharti biznes-rejalar bajarilsa, ish oʻrinlari tashkil etilsa va saqlab qolinsa, barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlansa, kelgusida mulk huquqi ularga oʻtishi mumkin.

 

KSZ ishtirokchilariga yer uchastkalarini ajratib berish toʻgʻrisidagi qarorlar Toshkent viloyati erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ma’muriy kengashi (25.10.2017 yildagi PQ–3356-son qarorga muvofiq tashkil etilgan) tomonidan qabul qilinadi. Kichik sanoat zonalarini barpo etish va ularning faoliyatini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda sanoat zonalari ishtirokchilarini joylashtirish va ularga yer ajratish tartibi haqida batafsil soʻz yuritilgan.

 

2 oy muddatda import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish boʻyicha «yoʻl хaritalari» ishlab chiqiladi. Tadbirkorlik sub’yektlari bu haqda хabardor qilinadi va biznes-rejalar ishlab chiqishlarida koʻmak beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.08.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_