Bu Prezidentning 18.07.2017 yildagi F-4997-son farmoyishi bilan koʻzda tutilgan. Hujjat matni davlat rahbarining saytida joylashtirilgan.
“Adolat saroyi” majmuasida:
- Sudyalar oliy kengashi,
- Konstitutsiyaviy sud,
- Oliy sud,
- Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi,
- Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti,
- Oʻzbekiston sudlar Assotsiatsiyasi,
- tashkil etilayotgan Odil sudlov akademiyasi binosi joylashtiriladi.
Oʻsha yerning oʻzida fuqarolarning erkin tashrif buyurishi va respublika boʻyicha ochiq sud majlislarini real vaqt rejimida kuzatish uchun zamonaviy teхnik vositalar bilan jihozlangan maхsus zal jihozlanadi. Bundan tashqari, majmua hududida ijodiy tanlov yakunlari boʻyicha tasdiqlangan Amir Temur haykali oʻrnatiladi.
Hujjat bilan buyurtmachi, bosh loyihachi va bosh pudratchi tashkilotlar, shuningdek qurilish ishlarini moliyalashtirish manbalari belgilandi. Hukumat bir oy muddatda Adolat saroyini joylashtirishning aniq joyini belgilaydi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz.