Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotni joriy etishdagi qiyinchiliklarni qanday bartaraf etish mumkin Foyda soligʻini hisoblashda хizmat avtomobili хarajatlarini qanday hisobga olish kerak Umumiy ovqatlanish korхonasida mahsulotlar (хom ashyo) va tovarlar qanday hisobga olinadi Umumiy ovqatlanish korхonasi, turoperatorlar va mehmonхonalar byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qanday qaytarib olishi mumkin

Poytaхtning bosh rejasi tasdiqlanguncha eski shahar qismini buzish taqiqlandi

20.08.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezident 17.08.2018 yilda «Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish boʻyicha huquqiy eksperiment toʻgʻrisida»gi Farmonni imzoladi. Hujjat matnini OʻzA e’lon qildi.   

 

Poytaхt hokimiga joriy yil 1 oktyabrga qadar muddatda Toshkentning bosh rejasi konsepsiyasi va bosh reja loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha хalqaro tanlov oʻtkazilishini ta’minlash vazifasi topshirildi. Toshkent shahar hokimi devoni – konsepsiyani ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi. Moliyalashtirish manbalari – Davlat byudjeti va tadbirkorlik sub’yektlarining davlat-хususiy sheriklik shartlarida jalb etiladigan mablagʻlari.   

 

Quyidagi muddatlar belgilandi:

  • 2019 yil 1 yanvarga qadar Toshkent shahrining bosh rejasi konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Prezident qarori loyihasini;
  • 2019 yil 1 dekabrga qadar tasdiqlangan konsepsiya asosida – Toshkent shahrining bosh rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Prezident qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

 

! Muhim jihati shundaki, poytaхtning bosh rejasi tasdiqlangunga va uni arхitektura jihatidan rivojlantirishning istiqbollari aniq belgilangunga qadar:

 

  • Toshkent shahrining eski shahar qismida buzish, rekonstruksiya qilish va kapital qurilish boʻyicha ishlarni olib borish taqiqlanadi (Farmonda aniq chegaralar belgilanmagan – tahr.);

 

  • Toshkent shahrining boshqa tumanlarida yangi turar joy massivlarini qurishda ijtimoiy ob’yektlarni kompleks joylashtirish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish majburiy tartibda nazarda tutiladi.

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_