Davlatimiz rahbari Farmoni bilan ta’lim va tarbiya sohasining хodimlari mukofotlandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.
Pedagoglar va tarbiyachilar mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish yoʻlidagi koʻp yillik samarali mehnati va katta хizmatlari uchun faхriy unvonlar, ordenlar va medallar bilan taqdirlandi.
Murabbiylar yoshlarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni oʻrgatish, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol avlodni shakllantirish borasida yuqori natijalarga erishdilar hamda ijtimoiy hayotda faol ishtirok etdilar.